«Bitcoin» kriptovalyutasi AQShning maxsus xizmatlari tomonidan butun dunyoda o‘z amaliyotlarini moliyalashtirish uchun tashkil etilgan. «Kasperskiy laboratoriyasi» hammuassisi Natalya Kasperskaya shunday bayonot bilan chiqdi.
«Bitkoin — Amerika maxsus xizmatlari loyihasi, ular AQSh, Buyuk Britaniya va Kanadaning turli davlatlardagi razvedkalarini moliyalashtirish uchun tashkil qilingan», — dedi u Sankt-Peterburgdagi universitet o‘quv markazi ochilishidagi ma’ruzasida.
Bundan tashqari, Natalya Kasperskaya fikricha Satoshi Nakamoto nomi bilan tanilgan «Bitcoin» kriptovalyutasi asoschisi aslida «Amerika kriptotizimlari ishlab chiqaruvchi guruh» hisoblanadi.