У нас есть только
оригинальные песни

Namanganda ishsiz fuqaroning Damas mashinasi olib qochildi

calendar 21.02.2017
1253

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani birlashgan qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Paynet” shoxobchasi oldida noma’lum shaxs eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Damas rusumli avtomashinani haydab qochdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avtomashina shu qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi, ishlamaydigan, 1982-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli ekanligi aniqlandi.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu yerda yashovchi ishlamaydigan, 1982-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib, u mast holda mashinani boshqarib ketayotganda qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Яндекс.Метрика