У нас есть только
оригинальные песни

Namanganda osh chempionati bo'lib o'tdi

calendar 28.08.2016
1461

Namanganda tobora yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 25 yilligiga bag'ishlab, “Go'zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O'zbekistonim!” degan Yezgu g'oya asosida, “O'zbegim oshlariga marhamat!” nomli osh chempionati tashkil Yetildi. “Namangan yoshlar markazi” tashabbusi bilan o'tkazilayotgan ushbu musobaqada viloyatimizning 25 nafar mahoratli oshpazlari o'zaro bellashdilar. "Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli aholi madaniyat va istirohat bog'ida bo'lib o'tgan tanlovga, viloyatimizdagi yoshi ulug' keksalar, urush va mehnat fahriylari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, kam ta`minlangan oila farzandlaridan iborat 200 nafardan ortiq mehmonlar tashrif buyurishdi. Har bir oshpazning taomi belgilangan hakamlar hay`ati tomonidan munosib baholab borildi. Har tomonlama me`zonga muvofiq ko'rib chiqilgan osh Yegalari tashkilotchilar tomonidan diplom va Yesdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Tanlovda Pop tumani vakillari 3-o'rinni Yegallashgan bo'lsa, 2-o'ringa Chust tumani oshrazi loyiq topildi, Kosonsoy tumani sharafini himoya qilgan oshpaz akamizning oshlari tengsiz deya topilib 1-o'rinni Yegalladi.

Яндекс.Метрика