loading...

 

Namanganda sobiq boshlig'idan qasos olishni istagan shaxs qotillarni yollab, butun oilani qatl qildirdi

                     

Namanganning Norin tumanida istiqomat qiluvchi Azizbek Ahmedov jahl ustida og'ir jinoyatga qo'l urib, uzoq yillarga qamoqqa tashlandi. Voqea tafsilotlari “Huquq” gazetasi keltirmoqda.

Aytilishicha, Ahmedov “Norintexservis” MChJni 10 yil boshqarib kelgan. Ahmedovga ishongan korxona rahbari Zumrad Boymetova o'ziga tegishli “Norin sof kredit” MChJ boshqaruvini ham unga topshirgan. Ammo Ahmedov moliyaviy jinoyatlarga qo'l urayotganini, unga bo'ysunmay qo'yganini payqagan ayol xodimini bo'shatib yuborgan. Ahmedov ayoldan o'ch olish payiga tushgan.

Shu maqsadda u pul evaziga qotillarni yollagan. Ular orasida endi 19 yoshga to'lgan Bahriddin Boqijonovlar ham bor edi. Guruhning qolgan a'zolari - Sherzodbek Ismoilov va Nodirbek Husanov bir necha marotaba sudlangan jinoyatchilar edi.
Qotillar reja tuzib, tungi paytda Boymetovaning hovlisiga bostirib kirishgan. Ayolning yotoqxonasiga bostirib kirib, uni qo'lga olishgan. Shovqindan uyg'onib ketgan kelini D. Ortiqova ham ikki farzandi bilan qo'lga olingan.
Uy egalari qiynoqqa solinadi. Boymetovaning qo'llagi temir armaturalari va o'qlov bilan urib, xushidan ketkizishadi. Ayollarni qiynoqqa solib, jinoyatchilar ulardan 33.5 mln so'm undirishgan. So'ng hovlida turgan Nexia mashinasining kalitini olishgan.

Qotillar Boymetovaning qo'l-oyog'ini bog'lab, mashinaning yukxonasiga joylashgan, oilaning qolgan a'zolarini esa mashinaga joylashtirib, Andijon kanaliga olib borishgan.
U erga etib borgach, qotillar bir necha oylik go'dak Javohirni onasidan tortib olib, ko'chaning bir chetiga uloqtirib yuborishgan. D. Ortiqovaning o'zini katta o'g'li Kamron bilan qo'l-oyog'ini bog'lab, kanalda cho'ktirib yuborishgan.
Nihoyat, Nexia’ni yukxonasida yotgan Z. Boymetova bilan birgalikda suvga g'arq qilishgan.
Bir necha kundan so'ng Boymetovaning komandirovkadan qaytib kelgan o'g'li oila a'zolarini topa olmay, shubhaga borgan. U tezda tegishli idoralarga murojaat qilgan va o'zi ham qidiruv ishlarini olib borgan. Natijada qotillar tez orada qo'lga olingan.

Keyinroq aniqlanishicha, jinoyatchilar tomonidan ko'cha chetiga tashlab ketilgan murg'ak Javohir Jamshid Sobirov ismli shaxs tomonidan topib olingan va uning hayoti saqlab qolingan.
Jinoiy ishlar bo'yicha Namangan viloyat sudi A. Ahmedovni 20 yilga, Sh. Ismoilov va N. Husanovni 25 yilga, voyaga etmagan B. Boqijonovni 15 yilga qamoq jazosiga mahkum etdi.


Комментарии (3) | Добавить: 27.12.2015

3. Boburmessi (01.01.2016 15:56)
Yomon bopti
2. adnan11 (28.12.2015 10:27)
Endi bular panjara ortida chridi.ifloslar
1. Sherlock93 (27.12.2015 19:35)
Marazlar
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Kompyuter yoqilayotganidagi 0xc000000f xatolikni tuzatamiz
Shakardan voz kechish organizmga qanday ta’sir qiladi?
Xiaomi selfisevarlar uchun yangi uskunasini taqdim etdi
Barcha davrlarning 8 ta eng ommabop mobil telefonlari
Gollivud yulduzlari “Oskar” mukofotini topshirish marosimini repetitsiya qildi
O'zbekiston va Xitoy o'rtasida temir yo'l orqali yuk tashish yo'lga qo'yildi
"EZOZ" guruhidan yangi tarona "Yomg'ir yog'ar"
Erta turish uchun 10 sabab va buni amalga oshirishning yo'llari
Dubayda dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi
Olimlar to'yib uxlamaslik semirishga olib kelishini aniqlashdi
Barak Obama Fransiya prezidentligiga nomzod qilib ko`rsatilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Qarshida militsionerning xonadonida mehmon bo‘ldi
Microsoft asoschisi Bill Geytsning biz bilmagan qirralari
Yer aholisi 26 fevralda antiqa astronomik hodisa guvohi bo'ladilar
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi
Markaziy bank: Plastik karta egalari uchun qarz olish xizmati joriy etiladi
Erkak kishi uchun hech qachon qilmaslik lozim bo`lgan 6 narsa
2020 yilgacha Yevropa Ittifoqiga birorta davlat qo'shilmaydi
“Farg‘onaazot”da portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Qahva va energetiklar o‘rnini bosadigan tetiklashtiruvchi ichimliklar
Google kompaniyasi Uber’ni sudga berdi
Yangilangan “g'isht” Nokia’ning o'ziga xos jihatlari oshkor bo'ldi
Yerga o'xshash yana yetti sayyora aniqlandi
Sobiq ittifoqning birinchi va so'nggi prezidenti Germaniyadagi villasini sotuvga qo'ydi