loading...

 

Naqd pul mojarosi: keyingi bekat – Bank!

Har bir mamlakatda qabul qilingan qonunlar o'sha jamiyat manfaati, rivojlanishi va insonlar turmush tarzini yanada farovonlashtirishga hizmat qiladi. Ana shu qonunlar asosida jamiyat poydevori mustahkamlanadi.

O'zbekistonda ham turli sohalar singari bank sohasida ham bir nechta qonunlar qabul qilingan bo'lib, ular mijoz va bank o'rtasidagi munosabatlarga oydinlik kiritadi.

Masalan, “Banklardagi depozit hisob-varaqlardan naqd pul to'lovlarini uzluksiz ta`minlash kafolatlari to'g'risida” O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida (pq-147)  shunday deyiladi: “Tijorat banklari va ularning filiallari aholi hamda ho'jalik yurituvchi sub`Yektlarning mablag'larini depozitlarga jalb etib, ularni aylanmaga qo'yib va shu hisobdan bank daromad olib, amalda omonatchilar hisobiga manfaat ko'rib, ayni vaqtda o'zlarining omonatchilar oldidagi to'g'ridan-to'g'ri majburiyatlarini aniq bajarmasdan, ularning qonuniy talablari va ehtiyojlariga befarq qarayotganliklari, buning ustiga omonatchilarning buyurtmalarini qondirish chog'ida o'z mavqeini suiiste`mol qilib, ularning manfaatlarini pisand qilmasliklari mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydigan holatlar deb hisoblansin”.

Qarordagi bu gaplar O'zbekistonda faoliyat yurituvchi barcha tijoriy banklarga taalluqlidir, biroq bu gapdan ulardan ayrimlarining habari yo'q nazarimizda. Bunday deyishimizga asoslar Yetarli...

Qaror hajmi kattagina, ayni damda uni sharhlashga hojat yo'q. Ammo bilganimiz shuki, ushbu banklarda ishlovchi hodimlari mijoz bilan munosabatda o'zlarini huddi chayqov bozoridagi kabi tutishlaridir, ya`ni qanday: siz biror ish bilan borasiz, ular esa “erta keling, indin keling, bugun u hodimning qorni og'rib qoldi, bugun mijoz ko'p, bugun komp'yuter ishlamay qoldi, erataga yuz foizlik javob bilan bajariladi”, kabi gaplarni eshitib, hayron qolasiz. “Men o'zi qaYerdaman?”, degan savol yoprilib keladi. Shu bankka million-million pullaringni ishonsang-u, u bo'lsa sizni yosh boladek ahmoq qilsa, dodimni kimga aytay, deb qolasiz. Ammo dodingizni faqat mana shu bank eshitadi va yuqoridagi javoblar bilan sizni “siylaydi”.

Bizni bu vaziyatga diqqatimizni qaratishimizga “Davr bank” Amaliyot boshqarmasidagi (MFO 00981) holatlar sabab bo'ldi. Naqd pul olish uchun borganimizda, u Yerdagilar chunonam “hunar” ko'rsatishdiki, buni hatto dorbozlar ham uddalay olishmaydi. Hodimlar maoshiga qo'shib naqd pul berish ilinjida bank eshigiga bosh suqdik. Shu o'rinda bir gap: bunga o'hshash banklarning o'z “stavkasi” bor. Hisob-raqamdagi pulning istagan foizini naqd pul qilib berishadi va bu istak 30 foizdan oshmaydi. Ammo shunga ham o'n kunlab yuguriladi, yig'lab-siqtaladi, “katta og'a”lar o'rtaga suqiladi, ishqilib, "ona suti og'izga keladi".

Bu Yerda ham shu ahvol. Bizning yig'lashga na ko'z yoshimiz bor va na “katta og'alarimiz”, shu sabab bo'zchining mokisidek qatnay boshladik. Shunga yarasha ishlar bitsa, mayli edi, biroq “mokiligimiz” hamon davom etmoqda.

Bu nima?

“Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun”, degan gapga qarshi borishmi? Yoki bankirlik byurokratiyaning bir ko'rinishi deganimi?

Bu qoidalarga, banklarning o'zlari biladigan sirlarga tushunmaymiz, tushunishni ham istamaymiz. Bilganimiz, qonunlarga har bir tashkilot, har bir shahs so'zsiz bo'ysunishidir. Bo'lmasa, qog'ozdagilar qonunlar emas, qoralamalar bo'lib qolmaydimi?

Sarvar Anvar o'g'li


Комментарии (2) | Добавить: 22.09.2016

2. King-ghost (23.09.2016 16:49)
Juda tög'ri fikrlarga qöshilaman. Tegishli vakillik organlarining bu masala böyicha tegishli choralar kôrishlarini hohlardim
1. King-ghost (23.09.2016 16:48)
Juda tög'ri fikrlarga qöshilaman. Tegishli vakillik organlarining bu masala böyicha tegishli choralar kôrishlarini hohlardim
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash
loading...

«Новости»

Samsung Galaxy S8 savdoga chiqadigan sana ma`lum qilindi
To'ydan keyingi muhabbat haqida 10 afsona
Messi dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylanishi mumkin
Chiqqan qiz chig'iriqdan tashqarimi? Ota-onalarning oilaviy ziddiyatlarga aralashuvi haqida
Ozodbek Nazarbekov Sergelida uy qurayotgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
Baxt kaliti qaerda? Yoxud baxti ochilmayotgan qizlar tasnifi
Qovoq eng, shamollamaysiz, anemiya bo'lmaysiz!
Sherali Jo'raevning kliplari Milliy telekanalida namoyish etila boshladi
Sherali Jo'raevning kliplari Milliy telekanalida namoyish etila boshladi
Daewoo va Hyundai Tolimarjon IESni modernizatsiya qilishni yakunladi
Masharipov aybiga iqror bo'ldi
Ramzan Qodirovning shaxsiy qo‘riqchisi otib ketildi
O‘zbekiston aholisi soni 32 mln kishidan oshdi
YouTube’da pul to‘lash orqali translyatsiyalarga izohlarni biriktirish imkoniyati paydo bo‘ldi
Android yaratuvchisi Endi Rubin bu yil modulli smartfon chiqarishi mumkin
Erkakning yotoqxonadagi muammolari: sabab va choralar
O'zbekiston turoperatorlariga valyuta qabul qilishga ruxsat berildi
GM Uzbekistan Rossiyada 1,8 mingdan ortiq Ravon avtomobillarini sotdi
Jerar Pike Shakira tufayli “Barselona”ni tark etishi mumkin
Lolaning bo'lajak turmush o'rtog'i Rassiyada yashaydi
Avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi keyingi uch yilda 2,8 barobar kamaygan
2016 yilda tibbiyot xodimlariga nisbatan 174 ta jinoyat ishi qo'zg'atilgan
Qirg'izistonda 17 yanvar motam kuni deb e`lon qilinadigan bo'ldi
O'zbekistonda chiroq va gaz masalasiga javobgar amaldor prezidentdan qattiq gap eshitdi