У нас есть только
оригинальные песни

Nargiz Zokirova Katta Kreml saroyida sahnadan yiqilib tushdi

calendar 21.06.2015
5402

Rossiyaning "Golos” loyihasidagi ishtiroki orqali tanilgan xonanda Nargiz Zokirova 19-iyun kuni Katta Kreml saroyida bitiruvchilar uchun o‘tkazilgan kechalardan birida zina orqali sahnadan tushayotib, yiqilib tushdi, deb xabar bermoqda "Uz24.uz”. Foto: paparazzi.ru Foto: paparazzi.ru Moskvadagi shifoxonalardan biriga olib borilgan Nargiz Zokirova tez yordam shifokorlariga zinadan tushayotganda oyog‘ini noto‘g‘ri qo‘ygani tufayli yiqilganini va zina pog‘onalaridan biriga orqasi bilan urilganini ma’lum qilgan. Bel qismiga jiddiy lat yetgan xonanda tibbiy ko‘rikdan keyin shifoxonaga yotqizilishi shart emasligi va uyiga ketishi mumkinligi haqida qaror qabul qilingan. Tezroq sog‘ayish uchun unga jismonan zo‘riqmaslik tavsiya qilingan.
Яндекс.Метрика