У нас есть только
оригинальные песни

Nargiz Zokirova kuzda yangi albomi chiqishini e’lon qildi

calendar 08.07.2018
813

Qo‘shiqchi Nargiz Zokirova kuz faslida yangi albomini chiqarishi haqida e’lon qildi.

“Mening ajoyib odamlarim, sizni hayajon bilan xabardor qilishga shoshaman. Shu kuzda mening yangi, ikkinchi albomim dunyo yuzini ko‘radi. Uning ustidagi ishlar qaynamoqda. U har kuni yangidan-yangi ohanglar va bo‘yoqlarga ega bo‘lmoqda”, — deb yozdi xonanda o‘z Facebook’ida.

Nargiz Zokirova albom haqida boshqa tafsilotlarni oshkor qilishdan o‘zini olib qochib, “mo‘jizani amalga oshirishni davom ettirish” maqsadida studiyaga shoshayotganini qo‘shib qo‘ygan. Qo‘shiqchi barchaga e’tibor va mehr uchun minnatdorlik izhor qilgan.

Яндекс.Метрика