У нас есть только
оригинальные песни

Nargiz Zokirova tadbirda qiyofadoshi sahnaga chiqib kuylaganidan g‘azablandi

calendar 15.08.2017
2551

Xonanda Nargiz Zokirova janjal markazida qoldi.

Rossiyaning Chita shahrida yangi savdo markazlaridan birining ochilish marosimida mashhur artistlarning qiyofadoshlari ishtirokida konsert bo‘lib o‘tdi. Ammo konsert tomoshabinlari bu haqda ogohlantirilmaganligi sababli ular sahnada haqiqiy yulduzlar kuyladi, deb o‘yladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Nargiz Zokirovaning kuylayotgani aks etgan videorolik paydo bo‘lib, xonandaning muxlislari uni haqiqiy Nargiz Zokirova, deb qabul qilishdi. Videoni tomosha qilgan Nargiz qiyofadoshining chiqishidan dahshatga tushdi.

Xonanda g‘azabnok post yozib, shou tashkilotchilarini yolg‘onchilikda aybladi.

“Bu nima ahmoqgarchilik? Erkak kishi mashhur ayolning qiyofasiga kirib, o‘tkaziladigan shoulardan xabarim bor. Ammo videorolikka yozilgan izohdan dahshatga tushdim. Mazkur postni qo‘ygan qiz qiyofadoshlar shousi o‘tkazilgani haqida bir og‘iz yozmagan. U “Nargiz Chitaning savdo markazlaridan birining ochilish marosimida”, — deb rasmiy sahifamni qayd qilgan. Men zudlik bilan shou tashkilotchilaridan mazkur holatni izohlashni talab qilaman! Muxlislarimga esa hech qanday qiyofadoshim mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan turda ishtirok etmayotganligini, o‘zim esa faqat Maksim Fadeyev bilan hamkorlik qilishimni rasman e’lon qilaman!”, — deb yozdi Nargiz Zokirova.

Яндекс.Метрика