Cassini stantsiyasi Saturnning tabiiy yo'ldoshlari – Pandora va Titanni suratga oldi. Bu haqda NASA xabarnomasida aytilmoqda.
Ba'zan Saturn XVII deb nomlanadigan Pandora tabiiy yo'ldoshi sayyoraning F halqasiga ta'sir o'tkazadi.
Fotosuratda Titan stantsiyaga Pandoradan
yaqinroq ko'rinsa ham, aslida Pandora Cassini’ga uch barobar yaqindir.
Yo'ldoshlarning o'lchovidagi farqlar tufayli shunday illyuziya hosil
bo'lmoqda, negaki Titanning diametri 5150 km, Pandoraning radiusi esa 81
km.
Surat 4 iyul kuni tushirilgan. U paytda stantsiya Titandan 1.9 mln km, Pandoradan 698 km uzoqda bo'lgan.