NASA koinot agentligi Yerning Oy sirtidan olingan birinchi suratini namoyish qildi. Ushbu noyob surat 51 yil avval olingan bo'lsa-da, biroq agentlik uni butun dunyoga endi ko'rsatishga qaror qildi. Surat agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida joylashtirildi.
Ma`lum qilinishicha, surat 1966 yil 10 avgustda o'sha paytda eng mukammal sanalgan Lunar Orbiter lunoxodi yordamida olingan. Shu kuni qurilma Oy sirtidan hammasi bo'lib 3 mingdan ko'proq surat olgan. Biroq aytish joizki, suratlarning aksariyat qismida bevosita Oy sirti aks etgan.
O'sha vaqtda Oyga uning sirtini o'rganish uchun 5 ta Lunar Orbiter qurilmasi jo'natilgan. Lunoxodlar Oyning sirti bo'ylab sekin-asta harakatlanib, har bir nuqtada bir nechtadan surat olganlar.