NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya alyans tarkibiga kiruvchi davlatlarga tahdid solmasligini, ularning xavfsizligi kafolatlanganligini ta'kidlab o'tdi.
"Biz NATOning biror bir a'zosiga nisbatan bevosita xavfni ko'rmayapmiz. Alyans o'ziga a'zo davlatlarga etarlicha kafolatlar bermoqda. Bu sabablardan biridir. NATO aynan shuning uchun mavjuddir”, - uning so'zlarini keltiradi Pravda nashri.
Stoltenbergning fikricha, "Rossiyaning roli juda murakkab, uni bir so'z bilan do'st yoki dushman hisoblay olmaymiz”. Uning ta'kidlashicha, alyans Rossiya bilan aloqalarni yaxshilashga intilmoqda.