У нас есть только
оригинальные песни

NATO Turkiyaning so'rovi bo'yicha shoshilinch majlis o'tkazadi

calendar 27.07.2015
1608

NATO Turkiyaning so'rovi bo'yicha 28 iyulda majlis o'tkazadi. Bu haqda NATO saytida ma'lum qilindi."NATOning barcha 28ta a'zo davlatlarini o'z tarkibiga oluvchi Shimoliy-atlantik kengash Turkiyaning talabiga ko'ra NATOni tashkil qilish haqidagi Vashington shartnomasining 4-moddasiga muvofiq, maslahatlar o'tkazish uchun 28 iyulda uchrashadi”, deyiladi xabarda.Ta'kidlanishicha, 4-moddaga muvofiq, NATOning istalgan ittifoqchisi uning fikricha, hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqilligi yoki xavfsizligi xavf ostida qolayotgan bo'lsa, tashkilotdan maslahat so'rashi mumkin."Turkiya oxirgi kunlarda mamlakatda sodir etilgan vahshiyona teraktlardan keyin vaziyatning jiddiyligini hisobga olib hamda mamlakat tomonidan bunga nisbatan ko'rilayotgan choralar haqida ittifoqchilarga axborot berish uchun uchrashuv o'tkazishni talab qildi. NATO bo'yicha ittifoqchilar voqealar borishini sinchkovlik bilan kuzatmoqdalar va Turkiyaga hamjihatlik bildiradilar”, deb ta'kidlab o'tildi xabarda.
Яндекс.Метрика