У нас есть только
оригинальные песни

Navalniyni saylovga qo'yishmadi

calendar 26.12.2017
872

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyni 2018 yilgi prezidentlik sayloviga nomzod sifatida qabul qilmadi. Bunday qaror MSKning yig'ilishida qabul qilindi, yig'ilish jonli efirga uzatildi.

MSK tashabbuskor guruhlar tomonidan nomzodi ilgari surilgan jurnalist Oleg Lureni ham muqaddam sudlangani tufayli saylovga nomzod sifatida ro'yxatdan o'tkazmagandi. Shuningdek, yana bir tashabbuskor guruhlar vakili, tadbirkor Sergey Polonskiyning hujjatlari qaytarilgan. Bunga uning nomzodini belgilangan 500 nafardan kam kishi qo'llab-quvvatlagani sabab bo'ldi.

24 dekabr kuni Rossiyadagi tashabbuskor guruhlar tomonidan prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surilgan muxolifatchi Aleksey Navalniy mamlakat markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarini topshirgandi.

Navalniyning nomzodi qaytarilishi ham uning muqaddam sudlangani tufaylidir. Uni qaydnomadan o'tkazishga MSKning 12 a`zosi ovoz bergan. Yana bir a`zo Nikolay Levichev ovoz berishdan bosh tortgan: u 2013 yilda Moskva merligi uchun saylovlarda Navalniy bilan raqobat qilgandi.

Navalniyning o'zi bu qaror orqali MSK Konstitutsiyani buzayotganini iddao qilmoqda.

Navalniy «Kirovles»dagi o'g'irlik ishi bo'yicha shartli sudlangan. MSK raisi Ella Pamfilova bundan avvalroq Navalniy shu sababli 2018 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok eta olmasligini, u 2028 yildan keyin saylovlarda nomzodini qo'yishi mumkinligini aytgandi.

Rossiya saylov qonunchiligiga ko'ra, og'ir jinoyat qilgani uchun sudlanganlar sudlanganligi olib tashlanganidan yoki sudlanganidan 10 yil o'tganidan keyingina davlat rahbari bo'lishi mumkin.

Яндекс.Метрика