Navbatdagi «El-Klasiko» nimasi bilan qiziqarli bo‘ldi?

Chempionlikka erishib bo‘lgan «Barselona», chempionatni chetga surib qo‘yib, YChLga e’tiborini qaratgan «Real». Butun dunyo orziqib kutadigan «El-Klasiko» bu safar turnir nuqtai nazaridan shunday intrigasiz boshlandi.

Jamoalarda motivatsiya uyg‘otadigan balki bitta fakt bor edi – «Barselona»ning La Ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasi. Kataloniyaliklar bir vaqtlar «Arsenal» ko‘rsatgan natijani – mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlash rekordini takrorlashga urinishi aniq. Oldinda sanoqli o‘yinlar qoldi. «Real»da esa eng asosiy raqibini shunday zafarli yurishdan to‘xtatib qolish imkoni yuzaga kelgandi.

Uchrashuvni jamoalar xotirjam boshlashdi. Jiddiy asabiy to‘qnashuvlarsiz o‘tgan ilk daqiqalarda maydon egalari tezkor gol kiritishga muvaffaq bo‘ldilar. Tezkor qarshi hujumni Suares ajoyib tarzda mantiqiy yakuniga yetkazdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, «Real» raqibinikidan qolishmaydigan chiroyli kombinatsiya uyushtirdi va Ronaldu hisobni tenglashtirdi.

Muxlislar chiroyli o‘yin guvohi bo‘lishga shaylanib turgan bir vaqtda uchrashuv bosh hakami Ernandes katta sahnaga chiqa boshladi. Maydonda follarni baholashda xatolarga yo‘l qo‘ya boshladi va bu holat futbolchilarning asabiylashishiga olib keldi. Bir nechta sariq kartochkalar va bo‘lim oxirlarida «Barselona» himoyachisiga kutilmaganda qizil kartochka ko‘rsatib maydondan chiqarib yubordi.

Birinchi bo‘limda yo‘l qo‘ygan xatolaridan o‘zini aybdor his qila boshladi chog‘i, hakam ikkinchi taymda endi teskari tomonga nisbatan ko‘proq xato qila boshladi.

O‘yin shu tarzda asabiy o‘tgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda kiritilgan gollar uchrashuv bezagiga aylandi. Avvaliga Messi o‘z mahoratini namoyish etib, stadionni larzaga keltirgan bo‘lsa, keyin Beyl juda chiroyli gol kiritdi. O‘yin shunday jangovor durang bilan yakuniga yetdi.

Bir jihatdan bu ikki jamoani ham qoniqtirdi – «Barselona» mag‘lubiyatsiz seriyani ushlab qolgan bo‘lsa, Qirollik klubi «Kamp Nou»dan yutqazmasdan qaytdi. Darvoqe, bu borada Zayniddin Zidanning ham o‘ziga xos seriyasi bor: u «Real»ni qabul qilib olganidan buyon «Kamp Nou»da mag‘lub bo‘lmayapti.

Barselona – Real Madrid – 2:2

Gollar: 1:0 – 10 Suares, 1:1 – 14 Ronaldu, 2:1 – 52 Messi, 2:2 – 72 Beyl.

Barselona – ter Shtegen, Umtiti, Pike, Alba, Koutino (Nelson Semedu, 46), Serji Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta (Paulino, 58), Messi, Suares (Pako Alkaser, 90).

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Nacho (Vaskes, 68), Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 84), Beyl, Ronaldu (Asensio, 46), Benzema.

Ogohlantirishlar: Nacho (12), Varan (31), Suares (44), Ramos (44), Messi (45), Beyl (76), Marselo (77), Rakitich (85).

Chetlatish: Serji Roberto (45).


Комментарии (0) | Добавить: 07.05.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Bu yil maktablarda «So'nggi qo'ng'iroq» bo'lmaydi
Bollivud yulduzlari O‘zbekistonda kliplarini suratga olmoqda
Amerikalik o‘qituvchi ayol kasal qizchaga o‘z buyragini berishga qaror qildi
O'zbekistonda Skype, WhatsApp va Viber ishi tiklandi
Prokuratura xodimlariga imtiyozli avtokredit ajratiladi
«YouTube»dagi siz bilmagan 8 funksiya
«Spark» jahon bozorini tark etadimi?
Ixtiyoriy-majburiy hashar taqiqlanadi!
Shavkat Mirziyoyev Andijondagi harbiy qismga tashrif buyurdi
Farg‘onada MIB ijrochisi hayotiga suiqasd qilindi
Mirziyoyev Andijonda banan yetishtiriluvchi issiqxonani kirib ko'rdi
Endi STIRni DXMdan olish mumkin
“Nima qilishga ham hayronman”. Sitora Farmonova “O‘zbekkonsert” qaroriga munosabat bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytdi
Turgan holatda ishlaydiganlar sog'lig'ini saqlab qola oladimi?
«Instagram» repost funksiyasini ishga tushirdi
Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi yakunlandi. Nimalarga erishildi?
O‘zbekistonda xorijiy elektron hamyonlardan to‘lash tartibi belgilanadi
Shahzoda va Lola 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga atab duet kuyladi
Buyuk Britaniyada maktab o‘quvchilariga imtihonda qo‘l soat taqish taqiqlandi
Rossiyada ilk qirg'iz qishlog'i paydo bo'ldi
AQShlik maosh oluvchi echki
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson O‘zbekistonga kelishi mumkin
2,4 mln bolaning hayotini saqlab qolgan “oltin qo'lli” donor oxirgi marta qon topshirdi
Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiyaga rahbar tayinlandi
Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo'ydi
Bokuda xalqaro savdo porti ochildi
Ro'za tutish qoidalarini bilasizmi?
Google va Facebook O'zbekistonda ish boshlashi uchun shartlarini ma`lum qildi
Sayyoramizdagi sovuqqa eng bardoshli insonlar aniqlandi