У нас есть только
оригинальные песни

Navoiyda MXX beshinchi sektorga biriktiriladi

calendar 04.03.2018
877

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida 2 mart, juma kuni Xatirchi tumanida viloyat faollari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Prezident bu viloyatdagi yig'ilishda ham Milliy xavfsizlik xizmati haqida gapirgan.

«Kun.uz» manbasining ma`lumot berishicha, prezident ushbu viloyatdagi xavfsizlik xizmatida ham tozalash ishlari o'tkazilgani haqida gapirgan, viloyatdagi tizim xodimlarining aksar qismi halol xodimlar ekanini e`tirof etgan.

Endilikda tizim xodimlari uchun sharoitlar yaxshilanadi, xususan, ular xizmat uylarida emas, o'z uylarida turadi, ularga kreditlar ajratiladi.

Shuningdek, prezident xizmatning ish prinsiplari tubdan o'zgarishi haqida gapirgan. Ma`lum qilinishicha, Navoiy viloyatida MXXga rasman beshinchi sektor biriktirilgan. Bu sektor vazifalari qatorida estremizmga qarshi kurash bilan shug'ullanish vazifasi ham mavjud.

Яндекс.Метрика