У нас есть только
оригинальные песни

NAXOT KELDI SHUNDAY G'ARIB ZAMONA...(o'qib ko'rishingizni tavsiya qilaman)

calendar 20.07.2011
3674

NAXOT KELDI SHUNDAY G'ARIB ZAMONA...

Do'stlarim sizlarga aytar gapim bor.
Eshiting va o'ylaning, bu gaplarni aytishim darkor.
Zamon keldi do'stlar, bu qanday zamon.
Ko'paydi atrofda juda ko'p yomon inson...

Dunyo holiga boqaman homush.
Hozir insonlarga ishonch qolmagan emish.
Sherimni oxirigacha o'qing kelmasa erish.
Insonlar bir birizi aldash, emas tog'ri ish...

Musulmonman deydiyu, ammo namoz o'qimaydi.
O'zidan kattalarni gaping pisand qilib hurmatlamaydi.
Qizlar yigitlardan soat so'rasa, yigitlar qiz narxin so'raydi.
Ayting do'stlar bu qanday zamona a?
Ko'rib aqlim hayrona...

Qizlar kiyimi avratin berkitmas.
Bazi bir yigitlar asli yigit emas.
Juda ham ko'paydi og'rilik va nas.
Inson qadri tushdi, puldan bo'lib pas.
Qayday keldi bunday g'arib zamona.
Ko'rib dilim vayrona...

Kim kimnidur aldagan.
Kimdur do'stga hiyonat qilgan.
Yana kimdur sevgini o'yin qilgan.
Kimdur o'z vijdonini arzon sotgan.
Naxot keldi shunday og'ir zamona?
Ko'rib achinaman qayta va qayta...

Aka- ukaga bo'lib qolgan begona.
Odamlar tushib qolgan go'yo vasvasaga.
Uy joy qurar bir biridan o'zarga.
Lek uylamaydi bu uylar qolar kimgacha.
Kambag'alga yordam ber puling bo'lsa ortiqcha.
Naxot keldi shunday g'arb zamona?
Bu zamonga tushunolmay bo'ldim hayrona...

Yaxshilikni ham ko'pincha pulga qilamiz.
Pulga qilingan yaxshilik poraxorlikku buni bilmaymiz.
Bir birimizni g'iybat qilib nima foyda topamiz.
Bazida o'zimizni idora qilolmaymiz.
Aslida biz hammaniz ojiz bandamisiz.
Naxot keldi shunday yolg'on zamona?
Javob topolmay aqlim hayrona...

Qishni sovuq deymiz.
Yozni esa deymiz issiq.
Boruga shukr deb, qachon qilamiz sabr.
Dunyodan mehr ko'tarilgan, insonlar toshbag'r.
Naxot keldi shunday achchiq zamona?
Zamon ekan do'stlar nachora...

Nega inson buncha yolg'onni sevar.
Insonlar bu hayotda bilmam nimani ko'zlar.
Tashlab ketishi mumkun bir kun do'stlar.
Yolg'on bo'lishi mumkun maqtovli so'zlar.
Naxot keldi shunday g'irrom zamona?
Ko'rib yonaman yona...

Iymon boru insof yo'q.
Har kim o'zini o'ylar, boshqani o'ylash yo'q.
Inson hatolarini ohiri yo'q.
Kimdur o'lib ketsa ham, hech kimni ishi yo'q.
Naxot keldi shunday qabix zamona.
Ko'rib qalbim vayrona...

Ko'zingni kattaroq och do'stim dunyo abadiy emas.
Nega odamlar u dunyosin o'ylamas.
Ahir bu dunyoga hech kim ustun bo'lolmas.
Ahir oldinga bor u dunyo tugammas.
Dunyoda insonlar bor ablah yaramas.
Naxot keldi shunday baxtsiz zamona.
Ko'rib aqlim hayrona...

Inson nima qilsa o'zi qiladi.
Lek hamma aybni zamonga ag'daradi.
Aslida zamondi o'zgartirgan ham inson bo'ladi.
Inson qachon aybini qachon tan oladi.
Zamondi shu kuyga solgan insona.
Ko'rib aqlim hayrona...

Uchgan bilan qo'namiz yana yerga.
Boshimiz osmonda bo'lsa ham oyoqlar yerda.
Qancha qo'limiz uzun bo'lmasin.
Baribir qarichlarimiz kalta.
Insondi eng ulug'i ham bir o'tar ekanda.
Naxot keldi shunday bevafo zamona.
Ko'rib aqlim hayrona...

Bazida inson bu keng dunyoga sig'maydi.
O'lgach 2 mt qabr yetadi.
Bir kum hamma shu tuproqqa tushadi.
Bu dunyoda hamma narsa qolib ketadi.
Bu dunyo o'tkinchi nega inson tushunmaydi.
Naxot keldi shunday tushunarsiz zamona.
Tushunolmay aqlim hayrona...

Bu yer qimirlashu ofatlar bejiz emas.
Hech bir inson gunoxdan forux emas.
Hatolardan saboq chiqarmagan hazrati inson emas.
Ohirat eng haq narsadur yolg'on emas.
Naxot keldi bu dam oxir zamona.
G'aflatda qolma bo'l ibodatda...

Yig'lab kelgan dunyodan, kulib kulib ketaylik.
Keling do'stlar bir birimizga ozor bermaylik.
Kechiraylik, kechirimli bo'laylik.
Inson degan nomni oqlab hazrati inson bo'laylik bo'laylik.
Yana kelsin yaxshi zamona.
Ko'rib quvonsak zora...

Har narsani boshi va ohiri bor.
Gaplarimdan o'ylanib hulosa chiqar.
Qayg'urma do'stim bu zamon ham o'tar ketar.
Shu yerdani Barnoni she'ri ham tugar.
Hali kelar ajib bir zamona.
Unda teng bo'lar har bir insona....

miranda_89
Яндекс.Метрика