Назарбоев: “Яхши хаёт учун университетда ўқиш шарт эмас”

Қозоғистон Президенти Павлодарскга расмий ташриф буюрган эди. 29 сентябрь куни у ҳудуддаги жамоатчилик билан кўришди.
 
“Яхши хаёт учун университетни тугатиш мажбурий эмас ва бундай одамлар ернинг қаеридадир икки фоизни ташкил этади”, дейди давлат раҳбари.
 
“Pavlodarnews.kz”нинг хабар беришича, Қозоғистон президенти ўзининг биринчи касби – пўлат қуювчи мутахассислигини техника билим юртида олганини айтиб ўтди.
 
“Инсон танлаган ҳунари эҳтиёжларини қондирибгина қолмай, одамни университет дипломидан кўра кўпроқ машҳурликка етаклаши, кўкларга кўтариши ҳам мумкин. Ёшлар дастлаб, иқтисодчи, юрист каби мутахассисликларга ўзларини уришади, охир-оқибат, уларнинг мутахассислигига талаб қолмайди. Шунинг учун инсон ўз ҳунарига ҳурмат билан қараши керак. Менга раҳбарларнинг атрофдаги ишчиларига бақириб муомала қилиши ёқмайди. Бундай қилиш мумкин эмас”, дейди Нурсултон Назарбоев.
 
Сўзларининг исботи сифатида президент ўз ишидан мамнун бўлгани учун бахтини топган махароджа ҳақидаги шарқона донишмандлик намунасидан мисол келтирди.
 
“Ўзидан кичик лавозимдаги ходимга ҳурмат билан муомалада бўлмоқ керак. Бу билан инсоннинг қалби баҳоланади”, деб таъкидлади президент.
 
Эслатиб ўтамиз, Нурсултон Назарбоев Павлодарскга ташрифи чоғида Ўрта осиёда ягона бўлган энг узун кўприкни қуриш ишлари қандай кетаётгани билан танишиб чиқди ҳамда Павлодарск давлат университетига ташриф буюрди. Университетда президентга капалак бўйинбоғ совға қилишди. 


Комментарии (0) | Добавить: 30.09.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

«O'zbekiston 24» telekanali 24 iyul kuni ish boshlaydi
Fidjet spinnerlar haqida barcha haqiqatlar
Maktabga ryukzakni qanday tanlash kerak? Ota-onalarga maslahatlar
Qanday oziq-ovqatlar uyquga salbiy ta’sir ko‘rsatadi?
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ot zavodiga bordi
O'zbekistonda shakar narxi oshdi
Moskvada o‘tkinchi ayol Putinni o‘pib oldi
Dilnoza Kubayeva: “O‘zbek kinosi juda qaltis vaziyatga tushib qolyapti”
G'ayriqonuniy hukm yoxud sud ustidan kimga shikoyat qilish kerak?
“Davlat xizmati to'g'risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi, meritokratiya tushunchasi joriy etiladi
Biz nega kechikamiz va bu odatdan qanday qutulish mumkin?
Neymar «PSJ»ga o'tishga juda yaqin turibdi, uning otasiga 40 mln yevro taklif qilishdi
Xorazmda Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligi nishonlanmoqda
Styuardessalar yo‘lovchilarning eng asabga tegadigan qiliqlari haqida hikoya qilib berdi
O'zbekistonda qurol olib yurishga ruxsat berilishi mumkin
Iste’molchilar qachon elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yiladi?
Aqlli odamlar hech qachon yo‘l qo‘ymaydigan 5 narsa
Ovqatga to‘ymayotganligingizning 4 belgisi
Vannaxonani tozalash borasida 8 ta foydali maslahat
Qanday qilib asablarni tinchlantirish va stressni ketkazish mumkin?
Shavkat Mirziyoev yo'l harakatiga doir qarorni imzoladi
Qanday qilib sport bilan yiliga 312 kun shug‘ullanish mumkin?
Bolalarda tana haroratini qachon tushirish kerak?
Sergeli avtomobil bozori ko‘chiriladi
Dollarning rasmiy kursi qariyb 4050 so'mga yetdi
Smartfon quli bo'lmaslik uchun nima qilish kerak: diqqatni va vaqtni tejash uchun 7 usul
Turkiya Rossiyaning 4 mingdan ortiq fuqarosiga mamlakatga kirishni taqiqladi
Avstraliyalik o'smirning oyog'idagi barmog'i qo'liga ko'chirib o'tkazildi
Tinim bilmas hazilkashlar. Shavqatsiz va aqilli hazillar.
Shavkat Mirziyoev 11 yillik maktabga aylantirilayotgan kollejda bo'ldi