У нас есть только
оригинальные песни

Nazarboev: xohlasam, bir dollarni bir tangaga tenglashtirib qo'yishim mumkin

calendar 29.01.2016
2568

Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboev, agar istasa, bitta qaror qabul qilib, bir dollarni bir tangaga tenglashtirib qo'yishi mumkinligini ta'kidladi.

“Nazariy jihatdan, masalan, parlamentsiz qaror qabul qilib, bir dollarni bir tangaga tenglashtirib qo'yishim mumkin. Bunday qilsa bo'ladi”, - dedi u “Nur Otan” partiyasining navbatdan tashqari XVI sessiyasidagi chiqishida. “Bir paytlar shunaqasi bo'lgandi, - yodga oldi prezident. – Katta avlod yaxshi xotirlaydi, SSSRda bir rubl rasman bor-yo'g'i 45 tsent turardi, hatto bir dollar ham yemas. Lekin bu totalitar, devorlar, temir panjara bilan yopib tashlangan, natural xo'jalik hukm surayotgan davlatda bo'lgan yedi. Bilasizmi, o'shanda qancha xususiy tadbirkor bor yedi? Nol”.

Uning fikricha, davlat milliy valyuta kursini qancha ko'p nazorat qilsa, tadbirkorlik uchun shuncha to'siq vujudga keladi.

Яндекс.Метрика