Nazarboyev ayollar dunyoni boshqarganda nima bo'lishi haqida

Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 8-mart Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan so'zlagan nutqida dunyoni ayollar boshqargan taqdirda vaziyat qanday bo'lishi borasida fikr bildirdi, deya xabar berdi NUR.KZ.

"Bugun yosh avlodning ta`lim va tarbiya tizimi sizning nozik yelkalaringizdadir. Aynan siz farzandlarimiz haqidagi asosiy g'amxo'rlikni o'z zimmangizga olasiz, ularning dunyoqarashini shakllantirasiz, ularda o'ziga va qilayotgan ishlariga bo'lgan ishonchni hosil qilasiz.

Bizning ayollarimiz sharqona donishmandlik, g'arbiy ishbilarmonlikni o'zlarida mujassam qilishgan - bularning bari o'z kuchiga bo'lgan ishonchni oshiradi.

Barcha davlatlarni ayollar boshqarsa, nima bo'ladi? Dunyoda urush bo'lmasligi aniq, hamma joyda tinchlik, lekin o'zaro bir-biri bilan gaplashmaydigan mamlakatlar talaygina bo'lardi", - deya hazillashdi prezident.

U ayollar oila a`zolari uchun qayg'urish, ishdagi burchlaridan tashqari yana o'zlariga qarab yurishlari kerakligini va qanday qilib bularning bariga ulgurishlaridan hayratda ekanini qo'shimcha qildi.

Umuman olganda, Nursulton Nazarboyev ayollarni Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tabriklagan nutqida ko'p hazillashdi - jumladan, ikki dugona va o'g'irlangan smartfon haqida latifa aytib berdi:

"Bir kuni ikki dugona uchrashishibdi. Ulardan biri boshqasiga arz qilibdi - yangi smartfonni sotib olishim bilanoq o'g'irlatib qo'ydim.

Dugonasi javob beribdi - men esa telefon kitobchamda "turmush o'rtog'im" degan joyiga formadagi politsiya boshlig'ining surati, "aka" degan nom ostida esa - boks bo'yicha jahon chempionining suratini qo'yib qo'ydim. Telefonimni bir necha marta o'g'irlashgan, lekin har safar uzr so'rab, yaxshi tilaklar bildirib qaytarib berishadi", - dermish.

"Aslini olganda 8-mart - har bir haqiqiy erkak o'zining samimiy va nozik jihatlarini namoyon qilishi uchun ajoyib imkoniyatdir", - dedi Nazarboyev.


Комментарии (0) | Добавить: 08.03.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi