У нас есть только
оригинальные песни

Nazarboyev: Davlat kvartiralarni bepul bera olmaydi

calendar 26.12.2017
871

Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev jurnalistlarga bergan intervyusida mamlakatdagi uy-joy masalasi haqida to'xtalib o'tdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.

Davlat rahbarining ta`kidlashicha, uy-joy muammosi barcha mamlakatlarda bor.

"Bizning davlat eng urbanizatsiyalangan (jamiyat rivojlanishida shaharlar rolining oshish jarayoni) emas. Bizda aholining qariyb 40 foizi qishloq joylarda yashaydi, qishloqlarda esa atigi 20 foizi ishlaydi. Ular shaharlarga kelishmoqda. Qarang, bizda hozir "Uyqurilishjamg'arma" bor. Inson ma`lum bir summani yig'adi – 50 foiz, qolganini bank kreditga beradi, hamda u o'zining kvartirasini sotib oladi, keyin esa pullarni to'lab boradi", - deya ta`kidlab o'tdi Nursulton Nazarboyev.

Qozog'iston prezidenti qozog'istonliklarga ijaraga uy-joy taqdim etish prinsipiga ham to'xtalgan. "Ehtiyojmandlar uchun pul to'lovisiz ijara bor: nogironlar, urush faxriylari mavjud, bunday odamlar uchun bu dastur pul to'lovisizdir. Uchinchisi – bu xususiy uy-joy qurilishi: menga 10 sotix belgilanganmi, beringlar, men qura boshlayman", - deya misol keltirgan Nazarboyev.

Uning ta`kidlashicha, bugun ishlayotgan har bir odam o'zining uy-joyiga ega bo'lishi mumkin. "Agarda uyda ikki kishi ishlasa, ular ipotekani to'lashlari mumkin. Biroq uyga ishlayotgan odam egalik qiladi. Sen hech qayerda ishlamasang, uyda o'tirsang va yana kvartira berishlarini xohlaysanmi? Yo'q bunaqasi. Hozirgi bozor sharoitlarida davlat hech kimga kvartirani bepulga berishi kerak emas va buni qila olmaydi ham. Davlat bunday odamlar uchun yordam berishi, foiz stavkasini pasaytirishi esa boshqa masala. Ijara uyini qurish uchun pullar hokimiyat tomonidan past stavka bilan beriladi. Aynan shu kam ta`minlangan va ko'p bolali oilalarga taqdim etilayotgan yordamdir", - deya qo'shimcha qilib o'tdi Qozog'iston prezidenti.

Яндекс.Метрика