Nazarboyevga Qozog'iston xavfsizlik kengashiga umrbod rahbarlik qilish huquqi berildi


Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat xavfsizlik kengashiga umrbod rahbarlik qilish huquqini oldi. Endilikda bu lavozim vakolatlari anchagina kengaytirilgan. 

“Qozog'istonning birinchi prezidenti – Elboshiga (millat yetakchisi, Nazarboyevga) uning tarixiy missiyasi tufayli xavfsizlik kengashini rais sifatida boshqarish huquqi umrbod tegishli”, deb aytilgan tegishli qonunda.

Avvalroq qonun parlament tomonidan ma`qullanib, 5 iyulda prezident tomonidan imzolangan. Konstitutsiyaviy kengash qonunni konstitutsiyaga mos deb tan olgan.

Qonun, shuningdek, xavfsizlik kengashiga ichki siyosiy barqarorlikni saqlash, konstitutsiyaviy tuzum, davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va Qozog'istonning xalqaro maydondagi milliy manfaatlarini himoyalash maqsadida milliy xavfsizlik va mudofaa qobiliyatini ta`minlash sohasida yagona davlat siyosatini yurgazishni muvofiqlashtiruvchi konstitutsiyaviy organ maqomini beradi.

“Xavfsizlik kengashi va kengash raisining qarorlari majburiy hisoblanadi va Qozog'iston davlat idoralari, tashkilotlari va mansabdor shaxslari tomonidan so'zsiz bajarilishi kerak”, deb aytilgan qonunda.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!