У нас есть только
оригинальные песни

Nazarboyevning kuyovi Forbes’ning “g‘oliblar” ro‘yxatiga tushdi

calendar 05.03.2018
1219

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi Timur Kulibayev yana 85 million dollarga boyib, Forbes’ning “g‘oliblar” ro‘yxatiga tushdi. Bu haqda KNews xabar bermoqda.

 

Amerikaning Forbes nashri ma’lumotiga ko‘ra, qozog‘istonlik biznesmen Timur Kulibayevning boyligi 85,3 million dollarga oshib, 3,3 milliard dollarni tashkil etdi (2018-yilning 4-mart kungi ma’lumotlar).

Bu bilan u bugungi g‘oliblar va mag‘lublar (Today’s Winners & Losers — The World’s Billionaires) rubrikasiga tushdi.

Shu bilan birga, Forbes Kazakhstan reytingiga ko‘ra, 2017-yilda uning boyligi 2,2 milliard dollarga baholangan.

Яндекс.Метрика