У нас есть только
оригинальные песни

Ne bo'lsa xam sen menga do'st bo'lib qolasan!!!

calendar 28.08.2011
5846

Bilasanmi do'stim sen menga doim gudok qilishing mumkun , men esa o'zim senga telifon qilib qaytaraman shunda xam sen meni eng yaqin do'stim bo'lib qolasan. Sen agentda men bilan emas , sevganing bilan gaplashib, menga nividim qilishing mumkun, lekin men senga doim vidim bo'laman shunda xam sen menga baribir do'st bo'lib qolasan. Bolaligimni sog'inib, sen bilan birga bolalikka qaytmoqchi bo'lib, sog'inchli sms yozsam, sen vaqtiyni ayab yoki boshqa sabablarga ko'ra smsimga javob qaytarmasligin mumkun, lekin baribir sen meni bolalikdagi do'stim bo'lib qolasan. Mayli do'stim sen men ardoqlagan san'atga tushunma, men esa doim seni tushunaman shunda xam sen meni qadrdon do'stim bo'lib qolasan. Mayli do'stim sen faqat oshimga sherik bo'l,men esa dardlaringga sherik bo'laman shunda xam sen meni bittagina yagona do'stim bo'lib qolasan. Mayli do'stin og'ir paytlarga menga yordan berma, men esa doim senga yordam berib senga mustaxkam suyanchig' bo'laman shunga xam sen meni sodiq do'st bo'lib qolasan.
Mayli ko'z yoshlarimi artma, men esa senga quvonchlarimi hadya qilaman sen baribir meni qadrdon do'stim bo'lib qolasan. Mayli masofalar ayirganda meni yo'qlab kelma, men o'zim yoninga uchib boraman shunda xam sen meni qadrli do'stim bo'lib qolasan. Mayli sen men yoqtirgan qoshiqlarni eshitma, o'rningga o'zim eshitib qo'yaman sen baribir meni qadrli do'stim bo'lib qolasan. Mayli do'stim men seni qadrlaganim chalik meni qadrlama, meni senga bo'lgan xurmatim yetadi ikkimizga. Sen faqat sog' omon yur do'sting baxtimga. Mayli do'stim men uchun joning fido qilma, shirin joning siylov o'zinga. Sen uzoq umr ko'r ahir sensiz men yolg'izlanib qolaman. Lekin senga jon kerak bo'lsa kulib senga jonim beraman( shu gapimga 100% otvichat qilaman). Unutma qancha yillar o'tmasin, har nima bo'lmasin sen menga butun umr do'st bo'lib qolasan. Yo'q yo'q adashdim sen menga nafaqat bu dunyoda balki jannatlarda xam menga do'st bo'lib qolasan. Chunki men senga qiyomatda savobini berguvchi do'sting bo'lib qolaman. Mayli do'stim menga atab xech qanday she'rlar bitma, men esa oxirgi qalamim singunkuncha senga she'rlar bitib yaxshi tilaklar tilayman shunda xam sen meni sirdosh do'stim bo'lib qolasan. Do'stin kechir goxo xayajonli paytlarim. Bilib bilmay senga atab yozgan baytlarim. Extimol senga atab yozganlarim shoirona emasdur, hatolari ko'pdur. Bu gaplarimning xammasi samimiy...
Axir do'stim atrofinga qarasangchi bir bor yaxshroq boq razm sol. Barnoday do'st yana borakan qayda? Mayli unutsang xam menday do'stingni biroq. Faqat aldanib qolma soxta do'stlarga sendan iltimos. Axir ular menday seni tushunmas, tan ol Barnoday do'st bu dunyoda hozircha yo'q extimol boshqa bo'lmas xam ( bu fakt)...
Mayli mendan kechsang xam, lekin men senday do'stimdi tashlab qo'ymayman. Chunki men sendan voz kechish uchun senga do'st bo'lmaganman. O'ylama do'stim men tentak emasman, lekin oldingiday dono xam emasman. Do'stim sendan bitta kichik iltimos faqat sen sog'intirib yashama ey sog'ingan do'stim. Mayli qanday bo'lmagin do'stim borliging uchun olloxga ming bor shukrona aytaman. Borliging men uchun baxt , xam buyuk ne'mat. Qanday bo'lsang shundaylingcha seni do'stim deb tanlaganman... Yaxshiyam sen borsan aziz do'stim sen bo'lganingda men nima qilardim. Bilaman sen mensiz yashagansan yana yashaysan lek do'stligimizga tufu tufu ko'z tegmasin ko'zlar tegmasin men seni turli balolardan saqlovchi ko'zmunchog'ingman. Mayli bir kun bu bevafo dunyadan o'tsakda biz lek do'stligimiz yashasin, do'stlik abadiy qolsin..... (qalay do'stlar yoqdimi).

miranda_89(Barno).

P.S. Siz xam izoxlarda do'stingizga atalgan original qalbdagi gaplarizni qoldiring. Eng yaxshi izox egasiga naprada bor. Fikr muloxazalarizi izoxlarda kutib qolaman...
Яндекс.Метрика