У нас есть только
оригинальные песни

Neft narxi 33 dollardan pastladi

calendar 11.01.2016
920

Neft va rangli metallar narxi dushanba kuni Xitoy iqtisodiyoti kelajagidan xavfsirash doirasida tushib ketgan, oltin esa so'nggi ikki oydagi eng yuqori ko'rsatkichni qayd etdi.

Brent neft fyuchersining Londondagi ICE Futures birjasidagi ko'rsatkichi bugun 3 foizga pasayib, bir barreli 32,6 dollarni tashkil qilmoqda. Tahlilchilar bu ko'rsatkichning ham pasayishini bashorat qilishmoqda.

WTI turidagi neft narxi esa, Nyu-York tovar birjasi (NYMEX) savdolarida 1,9 foizga kamaygan va bir barreli 32,53 dollarga tushib ketgan.

Яндекс.Метрика