Moliya
bozorlarida va birjalarda neft, aktsiyalar va metallar narxi payshanba
kunidan o'sa boshladi. Federal zaxiraning AQShda foiz stavkalari o'sish
ehtimollarini kamaytirish bozordagi o'sishga sabab bo'ldi.
Uoll-Stritda aktsiyalarning keskin ko'tarilishi bilan Xitoy fond indekslari ham o'sa boshladi.
WTI rusumli neft narxi ertalab 2 foizga oshib, 39.40 dollarni tashkil qildi, deb xabar beradi Bloomberg agentligi.
Brent neftining oktyabr fyucherslari narxi Londonning ICE Futures birjasida 2.3 foizga oshib, 44.12 dollarni tashkil qildi.
Eslatib
o'tamiz, o'tgan hafta AQSh neft zaxiralari, ko'tarilish kutilayotganiga
qaramay, 5.45 mln barrelga kamaydi. Buning natijasida neft narxi iyun
oyidagi eng yuqori ko'rsatkichga nisbatan 30 foizga tushib ketdi.
Bundan tashqari, Londonda mis 1.5 foizga, qo'rg'oshin 1.1 foizga qimmatlashdi.
Kecha AQSh aktsiyalar bozori oxirgi 4
yilning o'sish rekordini qayd etdi. Dow industrials indeksi 3.95 foizga
yoki 16 285.51 punktga oshdi. S&P500 tarkibiga kiruvchi aktsiyalar
kapitalizatsiyasi 643 mlrd dollarga oshib, oxirgi kunlarda ko'rilgan
zararni 1.4 trln dollarga qisqartirdi.
MarketWatch resursining ma'lum
qilishicha, Bloomberg Russia-US Equity Index indeksi ham 1.8 foizga
qimmatlashgan, jumladan, "Gazprom” qog'ozlari 2.8 foizga, "Mechel”
qog'ozlari 6.8 foizga oshgan.
Payshanba kuni Xitoy moliya bozorida ham o'sish boshlandi. Bugun Shanghai Composite indeksi 1.6 foiz o'sdi.