Nega och qolsak boshimiz og‘riydi?

Bosh og‘rig‘ining sabablari ko‘p, ulardan biri — ochlik. Buning uchun ba’zida parhez ham shartmas, to‘rt-besh soat ovqat yemasak ham boshimizda og‘riq paydo bo‘ladi. Nega? Axir bosh ovqat hazm qiluvchi a’zo emasku? «Life» portali bu savolga oydinlik kiritdi.

Vrach-diyetolog Andrey Bobrovskiyning aytishicha, «och» bosh og‘rig‘ining eng ko‘p tarqagan sabablaridan biri qonda glyukoza (qand moddasi) kamayib ketishidir. Glyukoza miya uchun asosiy energetiklardan biri ekanini yaxshi bilamiz. Bu modda qonimizda kamayib ketganida miyaga quvvat (energiya) yetishmayotgani haqida bosh og‘rig‘i orqali signal keladi.

— Qonda qand moddasi tanqisligida ozish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga yaxshi tanish bo‘lgan gipoglikemik kriz (qand miqdorining keskin tushib ketishi) sodir bo‘ladi. Kriz bosh og‘rig‘i bilan boshlanib hushdan ketish bilan tugashi mumkin. Parhezda o‘tirganlar bunga ko‘p duch kelishadi, — deydi Bobrovskiy.

Och qolganda bosh og‘rishining yana bir sababi gipotalamusning zo‘riqish bilan ishlashidir. Miyaning bu qismida ochlik va to‘qlik hislariga javobgar markaz joylashgan. Uzoq vaqt och qolganimizda bu markazga tanamizdagi turli organ va tizimlardan tashvishli signallar kela boshlaydi va bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi.

Bobrovskiyning ta’kidlashicha, ayni shu kuchli evolyusion himoya mexanizmi insoniyatni ochlikdan qirilib ketishdan asrab kelgan.

Bu hammasi emas, mutaxassisning aytishicha, ochlikdan bosh og‘rishining psixologik sabablari ham bor. Muntazam to‘yib ovqatlanishga o‘rgangan odamlar tiyilib yurishsa shunday holatga tushishadi. Agarda ular lazzatni faqat ovqatdan emas, boshqa narsalardan ham olishga o‘rganishsa ochlik ortidan keluvchi bosh og‘rig‘idan qutulishlari mumkin.

Diyetologning boshqalarga maslahati shu: kuniga 5-6 mahal, kam-kamdan ovqatlanish kerak.


Комментарии (0) | Добавить: 19.08.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi