У нас есть только
оригинальные песни

Nega odam uyqudan so'ng o'zini charchagandek his qiladi

calendar 05.07.2017
1749

Somnolog (uyquni o'rganuvchi mutaxassis) va fiziolog Maykl Breus o'tkazgan oxirgi tadqiqotga ko'ra, uyquning me`yoridan ko'pligi inson organizmiga salbiy ta`sir ko'rsatar ekan. Odamlarning ko'pchiligiga uyqu uchun 7,5 soat vaqt talab etiladi, 8 soat esa ular uchun ko'plik qiladi.

Inson bir kechada uyquning besh siklidan o'tadi. Bu sikllardan har biri taxminan 90 daqiqa davom etadi. 90 daqiqadan 5 sikl – hammasi bo'lib 450 daqiqa bo'lib, bu aynan 7,5 soatga tengdir.

Agar siz bu me`yordan o'zingizga yana bir soat ko'proq uxlashga ijozat bersangiz, unda siz chuqur uyqu siklida uyg'onasiz. Shuning uchun ham o'zingizni charchagan his qilasiz.

Яндекс.Метрика