У нас есть только
оригинальные песни

Nega pul baxt keltirmaydi va buni qanday tuzatish mumkin?

calendar 24.11.2015
1957

Elizabet Dann va uning Britaniya Kolumbiyasi universitetida faoliyat olib boruvchi hamkasblari pul baxt olib kelishi uchun u bilan qanday muomala qilishning sakkiz printsipini ishlab chiqishdi.

Men yaqinda sayohatdan qaytdim. Bu sayohat menga olam-olam zavq berdi. Hamma narsa baribir rejadagidek ketmasligini hisobga olib, sayohatga katta miqdorda pul olib ketdim. Uning deyarli yarmi har ehtimoli uchun edi. Biroq ta'til so'ngida men hamma pulimni sarflab yuborganimni angladim.

Kunlar o'tishi bilan sarflagan mablag'im to'g'risida o'ylab qoldim. Men ko'ngil yozdim, eski do'stlarim bilan uchrashdim, ko'plab qiziqarli joylarda bo'ldim va yangi-yangi insonlar bilan tanishdim. Ha, mana meni qiynayotgan savolning javobi ayon.

Bir necha yil oldin Britaniya Kolumbiyasi universiteti professori psixolog Elizabet Dann baxt hamda pul o'rtasidagi bog'liqlikni topishga harakat qilib tadqiqot o'tkazdi. Dann oldiga quyidagi mantiqiy savol qo'ydi: Hech shubhasiz pul insonni baxtli qiladi. Biroq nega aqlga sig'mas darajadagi pul kishini naqadar baxtli qila olmaydi?

Danning so'zlariga ko'ra, ko'pchilik insonlar baxtli bo'lish uchun pulni aynan nimaga sarflash kerakligini bilishmaydi. Bu harakati bilan ular boyvachchalarni eslatib yuborishadi, ular vinoga tushinmasa-da, qimmatbaho vinolarni erto'lalariga olib qo'yaverishadi. Va ko'pincha mana shu vinolarning mazasi oddiy ichimliklar sotiladigan do'konlardagi vinolardan qolishishi ayon bo'ladi.

Daromad va baxt o'rtasida bog'liqlik mavjud va bu omil har birimizni mushohada qilishga chaqirishi zarur. Dann hamkasblarining tadqiqotlarini qayta tahlildan qilib, respondentlar orasida so'rovlar o'tkazib mana shunday mantiqiy xulosaga keldi:

Agar pul sizni baxtli qilmayotgan bo'lsa, demak siz uni noto'g'ri sarflayapsiz.

Pul bu – baxtli bo'lish imkoniyati, faqatgina undan oqilona foydalanilayotgan bo'lsa. Tadqiqotlar natijasi o'laroq Dann va uning hamkasblari inson xursand bo'lishi uchun mablag'idan anday foydalanishi kerak degan savolga javob bo'luvchi sakkiz printsipni ishlab chiqishdi.

  1. Pulni ko'proq moddiy narsalarga emas, balki tajriba yig'ish uchun sarflang.
  2. Pulingizni boshqalar uchun sarflang.
  3. Bir qancha mayda narsalar xaridi insonni bir-ikkita katta narsalar xaridiga ko'ra xursand qiladi. 
  4. Kafolatlar va boshqa qimmat turadigan sug'urta turlaridan saqlaning.
  5. Iste'molchi sifatidagi talablaringizni ortga surishni o'rganing.
  6. U yoki bu xarid sizning kundalik hayotingizga qanday ta'sir qilishi to'g'risida o'ylab ko'ring.
  7. Sotib olgan buyumingizni muqobili bilan ko'p solishtirmang.
  8. Boshqa insonlarning pulni qanday qilib sarf qilayotganlarini kuzating. Bu ularni baxtli qilayaptimi o'ylang va xulosa chiqaring.

Psixologlar insonlarga hamisha hayotidan ko'ngli to'lib yashashlari uchun mablag'idan qanday foydalanishlarini o'rgatishlari mumkin. Danning aytishicha, uning izlanishlari bu sohada qilinayotgan ishlarning boshlanishlari. Inson o'zini ko'proq pulni sarflayotganida emas, balki u haqida o'ylayotganida baxtliroq his qiladi. Ammo bu holat yaxshi emas va bunda faqatgina bizning o'zimiz aybdormiz. Hammasini tuzatish vaqti keldi. Keling topayotgan pulimizdan rohat ko'rib yashashni o'rganaylik!

Яндекс.Метрика