У нас есть только
оригинальные песни

Nega samolyotlarda aviafalokatlar holatida parashyutlar berilmaydi?

calendar 24.10.2017
1081

AdMe yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan samolyotlarda nega parashyutlar berilmasligi haqida qiziqarli faktlarni to‘plab taqdim etdi.

Yo‘lovchi samolyotlarida parashyutlar bo‘lmasligining bir nechta sabablari bor:

1. Yo‘lovchi samolyoti — juda ishonchli mashina. Taqqoslash uchun: parvoz paytida halok bo‘lish etimolligi 1:11 000 000 ga teng, yo‘l-transport hodisasida esa ushbu ko‘rsatkich 1:5000 ni tashkil etadi.

2. Samolyotlar 10—12 kilometr balandlikda, soatiga 800—1000 kilometr tezlikda harakatlanadi. Bunday sharoitda parashyutlar mutlaqo foydasiz: bort tashqarisida harorat -40 dan -60 darajaga va deyarli kislorod mavjud emas.

3. Turbulentlik zonasiga kirilganida har qanday kishi, ayniqsa, nozik yo‘lovchilarda qo‘rquv paydo bo‘lishi mumkin. Bu esa parvoz vaqtida atmosfera ta’sir ko‘rsatishi va uni ayrim odamlar uchun chidab bo‘lmas holga keltirishi mumkin.

4. Avariyalarning aksar qismi samolyotlar uchishni yoki qo‘nishni amalga oshirayotgan vaqtida sodir bo‘ladi. Bu kabi vaziyatda yo‘lovchilar parashyutdan foydalanishga ulgurmaydi.

5. Samolyot falokati vaqtida odamlar vahimada bo‘ladi — ularning parashyutni taqishi va sakrash joyiga yetib borishlari juda qiyin.

6. 100—500 kishiga mo‘ljallangan parashyutlarni olib yurish juda qimmat. Shuningdek, samolyotda ortiqcha yuk paydo bo‘ladi. Bundan tashqari bu aviachiptalar narxining qimmatlashishiga ham olib keladi, axir parashyutlar arzon turmaydi.

Яндекс.Метрика