У нас есть только
оригинальные песни

Nega telefoningiz reklamadagiday chiroyli suratga olmaydi?

calendar 04.07.2017
1893

Bloger Markus Braunli yangi vidoyesida reklama roliklaridagi Additional equipment and software used (“Qo‘shimcha uskuna yoki dasturiy ta’minot ishlatilgan”) so‘zlari nimani anglatirishini tushuntirib berdi. Ushbu yozuv Apple komapniyasining “iPhone’da suratga olingan” turkum roliklarida oxirida paydo bo‘ladi, deb eslatadiTJournal.

Blogerning ta’kidlashicha, rasman barcha roliklar iPhone’da olingan, ammo aniq tushuntirilmagan jiddiy detallar mavjud. Jumladan, Apple reklamalarining yuqori sifati qimmat turuvchi aksessuarlar yordamida ta’minlangan.

Birinchi navbatda suratlar va videolar avtofokusirovkaga ega kinematografik linza yordamida yaxshilanishi mumkin. Blogerning eslatib o‘tishicha, turli vazifalarni bajaruvchi ko‘plab obyektivlar bor. Shuningdek, Braunli shtativlar va stedikamlarni ajratib ko‘rsatdi — ular smartfondan olinadigan suratni barqarorlashtirishga yordam beradi.

“Bunday reklamadan maqsad — rolik tushirib, foydalanuvchilar ham ushbu uskunani sotib olganidan so‘ng shunday rolik ololadi degan tasavvur uyg‘otish. Ammo reklama aslida qanday suratga olinishini bilsangiz, bu teskari natija beradi”, — deb xulosa qildi bloger.

Яндекс.Метрика