У нас есть только
оригинальные песни

Netflix onlayn-kinoteatrini O‘zbekistonda ham tomosha qilish imkoni paydo bo‘ldi

calendar 07.01.2016
1146

Ommabop Netflix onlayn-kinoteatrini jahonning 130 mamlakatida, jumladan, O‘zbekistonda ham tomosha qilish imkoni paydo bo‘ldi. The Verge xabariga ko‘ra, Netflix yanvar oyida o‘z aksiyalari bahosi keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan anonsi bilan, qamrab olgan hududlari ko‘lamini uch barobar oshirdi.

Shunga qaramay, eng muhim bozorlardan biri — Xitoyda hali ham ushbu onlayn-servisdan foydalanish imkoni yo‘q. Bungacha Netflix sayti o‘zbekistonliklar uchun yopiq edi, biroq endi unda bemalol ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladi. Servis interfeysi hozircha faqat ingliz tilida taqdim etilgan.

Netflix.com/uz saytiga kirib, taklif qilingan to‘plamlardan biri sotib olinsa, servis obunanining birinchi oyini bepul taqdim etadi. Shundan so‘ng narxi bir oy uchun mos ravishda 8, 10 va 12 yevro bo‘lgan Basic, Standard yoki Premium tariflaridan birini tanlash kerak. Tomosha haqini to‘lash uchun kredit karta ma’lumotlarini kiritish zarur. Servis Visa, MasterCard, PayPal va Amex kabi to‘lov tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ma’lumot uchun, tariflar narxi taqdim etilayotgan videoning qanchalik yuqori o‘lchamda ekanligi va bir vaqtda turli shoularni ko‘rish imkonini beradigan ekranlar soniga ko‘ra belgilangan. Hozirda Netflix’ning iOS va Android uchun mo‘ljallangan mobil dasturlarini ham O‘zbekistondan turib yuklab olish mumkin.

Netflix nafaqat boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan film va seriallarni tarqatadi, balki o‘zi ham ekran asarlarini tayyorlaydi. Netflix’ga tegishli seriallar orasida “Qartadan qurilgan uy” (“House of Cards”), “Jessika Jons” (“Jessica Jones”), “Daredevil”, “Orange Is the New Black” va boshqa shu kabilar bor.

2016-yilda onlayn-kinoteatr seriallarning 31 faslini va o‘zi ishlab chiqargan 20 dan ortiq to‘liq metrajli filmlarni, shuningdek, hujjatli filmlar, bolalar shoulari va stendap-komiklar chiqishlarining eksklyuziv yozuvlarini tomoshabinlar e’tiboriga havola etishni rejalashtirgan.

Яндекс.Метрика