У нас есть только
оригинальные песни

Nexus 5X – LG va Google hamkorligida ishlab chiqilgan eng ilg'or Nexus smartfoni

calendar 01.10.2015
1054

LGElectronics (LG) va Google kompaniyalari hamkorlikda olib borilgan ishlarining navbatdagi natijasi – Google`ning eng oxirgi Android 6.0 Marshmallow operatsion sistemasida ishlovchi Nexus 5X smartfonini rasman namoyish etishdi. Mazkur yangi smartfonda Google va LGning katta taassurot uyg'otuvchi unumdorlik, tasvirlarning yuqori sifati va takomillashtirilgan xavfsizlik tizimi bo'yicha eng yaxshi nou-xaulari o'z mujassamini topgan.
Nexus 5X 5.2” diagonalli FullHDIPS displeyi bilan ta'minlangan bo'lib, har bir dyumda (1 dyum – 2,54 sm) piksellar zichligi 423 nuqtachani tashkil etadi. Ilg'or In-CellTouch texnologiyasi esa quyosh nurlari to'g'ridan-to'g'ri tushganda ham yuqori sifatdagi tasvirlarni olishga imkon tug'diradi. Talab qilingan har qanday vazifaning to'xtalishlarsiz va engil bajarilishida QualcommSnapdragon 808 protsessori beminnat xizmat qiladi. E'tiborlisi, smartfonning quvvat olishi uchun soatlab kutish shart emas, USBli elektr quvvatlash uskunasi yordamida 10 daqiqa ichida jamlangan energiya smartfonning to'rt soat avtonom ravishda ishlashini ta'minlaydi.

Har qanday sharoitda beqiyos sifatga ega tasvirlar
Nexus 5X smartfoni 12.3 MP (asosiy) va 5 MP (old) kameralar bilan ta'minlangan. 1.55 mkm va 1.4 mkm sensorlari avvalgi Nexus qurilmalariga nisbatan ko'proq yorug'likni qamrab olib, olingan fotosuratlar hattoki ideal yoritilmagan sharoitlarda ham yorqin, tiniq va aniq tasvirni namoyon etadi. Nexus 5X`ning 4K formatidagi videoyozuvlarni qayd qilish xususiyatiga egaligi bilan bir qatorda, sekinlashtirilgan harakatlar hodisasi(slow-motion)ni olish uchun ham mo'ljallangan. Bu kabi xususiyatlar uni Nexus qurilmalari ichida bugungi kundagi eng ilg'or multimediya uskunasi ekanini tasdiqlaydi.

Asosiy xususiyatlari:

Protsessor 1.8 GGts Qualcomm® Snapdragon™ 808
Operatsion sistema: Android 6.0 Marshmallow
Displey: 5.2-dyuym FullHDIPS (1920 x 1080 / har dyumda 423 nuqtacha)
Xotira: RAM – 2 GB LPDDR3 / ROM – 16 yoki 32 GB eMMC
Kamera: asosiy – 12.3 MP F2.0 tuynugi bilan; old – 5 MPs F2.0 tuynugi bilan
Akkumulyator: 2700 mAs (ichki)
Hajmi:147 x 72.6 x 7.9 mm
Vazni: 136 g
Tarmoq: LTE-A Cat 6
Ulanish imkoniyatlari: Wi-Fi 802.11 a, b, g, n, ac / Bluetooth 4.2 / NFC / S toifali USB
Rangi: karbon / kvarts / muz
Boshqa parametrlari: 4K tasvirga olish/ ikkita chaqnoq/ infraqizil lazerli avtofokus / barmoq izlari datchigi

Яндекс.Метрика