У нас есть только
оригинальные песни

Neymar: «Barselona»da baxtliman, ammo hamma narsani inobatga olish kerak

calendar 29.01.2016
1308

«Barselona» hujumchisi Neymar o'ziga «Real»dan qiziqish borligi haqidagi savolga javob bera turib, kelajakda Kataloniyani tark yetishi mumkinligini istisno qilmadi. Shu bilan birgalikda braziliyalik futbolchi «ko'k-anorranglilar» safida o'zini juda yaxshi his qilayotganini ta'kidlab o'tdi.

«Turli gap-so'zlar hamisha mavjud. Ular «Barselona» bilan shartnomani uzaytirish va boshqa masalalarga tegishli. Men «Barselona»da baxtliman, bu yerda barcha narsa bor. «Barselona»ni tark yetish juda ham qiyin. Boisi men bu yerda ajoyib shahar, a'lo darajadagi klub va o'zga sayyoralik futbolchilarni topdim. Men uchun «Barselona»ni tark yetish og'ir bo'ladi, ammo barcha narsani inobatga olish kerak. Ushbu masalada qaror qabul qilish oson yemas, ammo biz xotirjamlikni saqlab qolishimiz kerak. Boisi, meni oldinda «Barselona»da uzoq yillik faoliyat kutib turibdi», — deydi Neymar A Bola nashriga.

Avvalroq, «Real» prezidenti Florentino Peres Neymarga yillik maoshi 35 million yevro bo'lgan 5 yillik shartnoma va 30 million yevro ko'tarma puli taklif qilgani haqida ma'lumot tarqatilgandi.

Яндекс.Метрика