У нас есть только
оригинальные песни

Neymar: «Endi mening tanqidchilarim o'z so'zlarini qaytib olishi kerak»

calendar 21.08.2016
1406

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Olimpiada finalida Germaniya ustidan qozonilgan g'alabadan keyin (1:1, penal'tilar bo'yicha 5:4) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Menda hissiyotlarimni ifodalovchi so'z topilmayapti! Men o'z sheriklarimga, oilamga va do'stlarimga rahmatlar aytmoqchiman. Ular hamisha, og'ir damlarda ham meni qo'llab-quvvatlab turishdi. Bundan juda hursandman. Bugun biz Braziliya halqini bahtiyor qildik.

Bu hayotimdagi eng unutilmas lahzalaridan biri bo'ldi. Men orzumga Yetishdim.

Endi mening tanqidchilarim o'z so'zlarini qaytib olishi kerak», – deya Neymarning so'zlarini keltiradi SVS nashri.

Braziliya Germaniya ustidan g'alaba qozonish orqali ilk marta Olimpiada chempionligiga erishdi.

Turnirning guruh bosqichida JAR va Iroq terma jamoalariga qarshi o'yinlarda Braziliya golsiz durang qayd etgach, muhlislar jamoa sardori bo'lmish Neymardan norozi bo'lishgan va o'yinlar vaqtida unga to'p kelib tushganida "Marta" deya (braziliyalik ayol futbolchi) baqira boshlashgandi.

Яндекс.Метрика