У нас есть только
оригинальные песни

Neymar: «Messi va Suaresni sog'indim»

calendar 13.05.2018
1321

«PSJ» hujumchisi Neymar «Barselona» klubidagi sobiq jamoadoshlari bilan do'stligini esladi.

«Messi va Suaresni sog'indim, do'stligimiz juda go'zal edi. Har kuni bundan zavq olardik. 

Qaysidir o'yinda bir necha futbolchilarni aldab o'tib, to'pni Messiga aniq oshirdim. So'ngra, bu ishni Messi ham takrorladi. Keyin Suares ham shu ishni qilmoqchi edi, ammo uning uzatmasi noaniq ketdi. Shunda uning ustidan rosa kuldik. Shu qadar yaqin do'st edik, hatto bir-birimizni mazax qilsak ham, hech kim xafa bo'lmas edi», – deb Neymar so'zlarini keltirmoqda Goal.

Яндекс.Метрика