У нас есть только
оригинальные песни

Neymar «Oltin samba» sovrinini qo'lga kiritdi

calendar 01.01.2018
1136

«PSJ» hujumchisi Neymar 2017 yil yakuniga ko'ra, «Oltin samba» mukofotini oldi.

25 yoshli hujumchi uchinchi marta (2014, 2015, 2017) nufuzli sovrinni qo'lga kiritib, vatandoshi va «Pari Sen-Jyermen» klubidagi jamoadoshi Tiago Silva (2011-2013) bilan tenglashib oldi.

Ma`lumki, bu mukofot Yevropada to'p suradigan eng yaxshi braziliyalik futbolchiga topshiriladi. G'olib jurnalistlar, muxlislar va sobiq futbolchilar tomonidan aniqlanadi.

Bu yilgi so'rovnoma natijalari quyidagicha bo'ldi: Neymar (27,71%), Filippe Koutino («Liverpul», 16,64%), Marselo («Real», 14,43%), Paulino («Barselona», 13,64%) va Kazemiro («Real», 7,19%).

Ta`kidlash joizki, muxlislar orasidagi so'rovnomada Paulino (31,83%), sobiq futbolchilar so'rovnomasida Neymar (39,39%), jurnalistlar orasidagi so'rovnomada Marselo (30,30%) g'olib bo'ldi.

Яндекс.Метрика