У нас есть только
оригинальные песни

Neymar: «Oltin to'p»ga da'vogarlar safidan o'rin olsam ham men uchun katta sharaf

calendar 27.07.2015
1425

"Barselona" klubi hujumchisi Neymar bu yilgi "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirib o'tdi. "Oltin to'p"ga da'vogar kuchli uchlikdan o'rin olsam ham bu men uchun katta sharaf bo'lardi. Messi va Ronaldu bilan bir qatorda turishni orzu qilaman. Bu men uchun katta natija. Messi bilan munosabatlarim? Jamoaga kelgunimcha, hamma har xil gap tarqatdi. "Messi to'pni senga oshirmaydi, seni chiqishtirmaydi" qabilidagi gaplar... Ammo Leo meni yaxshi qabul qildi. Gollarimga ham aynan u assistentlik qilmoqda. Messi men uchun ham do'st, ham kumirim", - deydi Neymar.
Яндекс.Метрика