«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ»ga o'tishi uchun bir qator shartlar qo'ygan.
Le Parisien xabariga ko'ra, u «PSJ»dan 4 nafar futbolchi sotib olishni, yana bir futbolchisiga keng sharoitlar taqdim etishni talab qilgan. Daxlsizlik haqidagi gap Lukas Mouraga tegishli ekani aytilgan. U istagan yangi futbolchilarning biri sotib olib bo'lingan: bu «Barselona» va «Yuventus»ning sobiq futbolchisi Dani Alvesdir. Bundan tashqari, Neymar parijliklar tarkibida «Liverpul» futbolchisi Koutinoni ko'rishni istamoqda. Yana ikki futbolchi nomi noma`lum qolmoqda.
Bundan avvalroq, kataloniyaliklar klubi futbolchilari va klub rahbariyati Neymarni «PSJ»ga o'tishdan qaytarish uchun harakat qilayotgani aytilgandi. OAV ma`lumotiga ko'ra, Parij jamoasi futbolchini 222 mln yevroga xarid qilib, unga yiliga 30 mln yevro miqdoridagi maosh to'lashni nazarda tutuvchi 6 yillik shartnoma taklif etgan.