Neymar «Real»ga o'tishga ikkilanmoqda


«PSJ» hujumchisi Neymar o'z kelajagi borasida aniq qarorga ega emas.

26 yoshli braziliyalik futbolchi keyingi 5 mavsumda 4 marta YeChL g'olibi bo'lgan «Real»ga o'tish varianti to'g'riligiga shubha qilmoqda.

El País xabariga ko'ra, Neymar Madridda keyingi yillardagi ulkan yutuqlardan keyin bosim yuqori bo'lishidan xavotirlangan.

Nike kompaniyasidagi manba esa braziliyalik ushbu futbolchi fevraldayoq o'zining «Real» bilan bog'liq liboslari ustida ishlashga ko'rsatma bergandi, ammo 28 may kuni u ishni to'xtatishni ko'rsatma qilgan.

«Albatt, Neymar hozir Madridda o'tishning mavridi emas deb o'ylamoqda. Chempionlar ligasidagi qator g'alabalar uni o'ylantirib qo'ygan.

U endi klubda pasayish bo'lishi mumkinligi va avvalgidek ko'p g'alaba qilmasligini tushunib turibdi. Neymar jahon chempionatida g'olib bo'lsa, o'z pozitsiyasi mustahkamlanishi mumkin deb o'ylamoqda. O'shanda u «Real»ga hech qanday bosim haqida o'ylamasdan o'tishi mumkin bo'ladi», – degan Nike vakili.

Ushbu amaliyotga aloqador agent ma`lumotiga ko'ra, Neymar «Real» bilan og'zaki kelishuv tuzib bo'lgan, u hozir Parij jamoasida olayotganidan 10 million yevro kam – yiliga 37 million yevro olishga rozi.

Futbolchining maslahatchilari, otasi va Nike vakillari Neymarga qaror qabul qilishda shoshmaslik, imijini buzib qo'ymaslikni tavsiya qilishmoqda.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!