У нас есть только
оригинальные песни

Neymar yana qiliq ko'rsatmoqda

calendar 13.12.2017
2642

«PSJ» hujumchisi Neymar Fransiya Ligasi Kubogi doirasida «Strasbur»ga qarshi kechadigan o'yinni o'tkazib yuboradi.

Parijliklar jamoasi bosh murabbiyi Unai Emeri ma`lum qilishicha, 25 yoshli forvard oilaviy masala tufayli Braziliyaga yo'l olgan.

«Shanba kuni ertalab u menga qo'ng'iroq qildi va qandaydir oilaviy ishi chiqib qolganini aytdi. U mendan Braziliyaga ketishga ruxsat so'radi, aytishicha, bu uning uchun juda muhim emish», – deya Emerining so'zlarini keltirgan ESPN.

U ayni vaqtda Parijga qaytib kelgan, ammo «Strasbur»ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmagan. Yuri Berchiche esa diskvalifikatsiya tufayli maydonga tushmaydi.

Shuningdek, ushbu o'yinda jamoa himoyachilari Tiago Silva va Leven Kurzava, xavbeklar Adriyen Rabo va Tiago Motta ham jarohat tufayli o'ynamaydi.

«Strasbur» – «PSJ» uchrashuvi 13 dekabr kuni o'tkaziladi. Biroz avvalroq, chempionat doirasida ham ushbu jamoalar uchrashgandi va o'shanda parijliklar mavsumdagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib olishgandi.

Shu yilning yozida 222 million yevro evaziga Parijga kelgan Neymar «Barselona»ning o'yinlarini ham bir necha marta qarindoshlarining tug'ilgan kunlariga ketgani uchun o'tkazib yuborgandi. Qolaversa, u «PSJ»da jamoadoshlari va murabbiy bilan yaxshi munosabatlar o'rnata olmayapti. Ayni vaqtda unga «Real»dan jiddiy qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan.

Яндекс.Метрика