У нас есть только
оригинальные песни

Niderlandiyada 2017 yilda plastmassadan tayyorlangan yo'llar paydo bo'ladi

calendar 05.11.2016
1620

Niderlandiyada 2017 yil oxiriga kelib plastmassadan tayyorlangan birinchi yo'l paydo bo'ladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Bunday avtomobil yo'li yuklamani asfalt kabi ko'tara oladigan maxsus modullardan yig'iladi. An`anaviy yo'l qoplamasiga nisbatan plastik modullar ancha kamroq vaznga ega va ularni oson tashish mumkin, tuproq esa kamroq darajada cho'kadi.

Plastik modullar konstruksiyasida kabel va turli kommunikatsiyalarni o'tkazish uchun bo'shliqlar ko'zda tutilgan. Modullar o'z xizmat muddatini o'tagandan keyin, ularni qayta ishlab, yana ishlatish mumkin.

"Bizda Wavin va Total kompaniyalari bilan birgalikda bu loyihani amalga oshirish bo'yicha aniq qadamlarni boshlash uchun yetarlicha bilim, tajriba va zaxiralar mavjud. Bunday yo'l prototipi 2017 yil oxirigacha paydo bo'lishiga umid qilmoqdamiz", deb aytdilar antiqa yo'l qoplamasi ixtirochilari.

Qayta ishlangan plastikdan yo'l yotqazish g'oyasi 2015 yilda paydo bo'lgan. O'shanda Niderlandiya kompaniyasi AQShdagi asfalt yo'llarni plastikdan ishlanganiga almashtirishni taklif qilgan.

Яндекс.Метрика