У нас есть только
оригинальные песни

Niderlandiyalik olimlar inson umri davomiyligining chegarasini aniqladi

calendar 03.09.2017
1062

Niderlandiyalik olimlar inson umri davomiyligining o‘rtacha chegarasini aniqladi, deb yozadi “Gazeta.ru” Tilburg universiteti xabariga tayanib.

Olimlar so‘nggi 30 yil ichida 94 yoshdan oshib vafot etgan 75 ming nafar aholi o‘limini yosh jihatdan tahlil qilib chiqdi. Ayollar uchun maksimal hayot davomiyligi 115,7 yoshni, erkaklar uchun esa — 114,1 yoshni tashkil qildi. Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda Niderlandiyada uzoq umr ko‘ruvchilar soni uch karra o‘sgan bo‘lishiga qaramay, umr uzoqligi chegarasi oshmagan.

Tadqiqotchilar aniqlik kiritishicha, olingan raqamlar taxminiy bo‘lib, ba’zi holatlarda uzoq umr ko‘ruvchilar yoshi 120 ga ham yetishi mumkin.

Яндекс.Метрика