У нас есть только
оригинальные песни

Nigeriyada Lassa bezgagi oqibatida 78 kishi halok bo‘ldi

calendar 07.03.2018
745

Nigeriyada Lassa bezgagi avj olishi oqibatida 78 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda 7-mart kuni CNN telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

 

Xabar berilgan vaqtda Lassa bezgagini yuqtirib olishning 353 holati tasdiqlangan, 766 kishida xastalikka chalinganlik gumon qilingan.

Yana 3 126 kishi kasallikni yuqtirib olganlar bilan aloqada bo‘lganligi uchun kuzatuv ostida ekanligi ma’lum qilindi.

Lassa bezgagi ko‘proq Markaziy va G‘arbiy Afrika mamlakatlarida (Nigeriya, Liberiya, Syerra-Leone, Gvineya, Mozambik, Senegal, Mali va boshqalar) uchraydi. Unga qarshi hozircha vaksinalar mavjud emas.

Яндекс.Метрика