Nigeriyada Permning “Amkar” jamoasi futbolchisining rafiqasi o‘g‘irlab ketildi

Nigeriyaning Varri shahrida noma’lum shaxslar tomonidan Permning “Amkar” jamoasi futbolchisi Fegor Ogudening rafiqasi o‘g‘irlab ketildi.

O‘yinchining so‘zlariga qaraganda, uning rafiqasi Maimunat bolalari bilan sayrga chiqishni rejalashtirgan. Uyi yaqinida unga noma’lum kishilar hujum qilgan. Ular ayolni Ogudening avtomobiliga tiqib, voqea joyidan yashiringan. Jinoyatchilar bolalarga teginmagan. Keyinroq mashina boshqa shahardan topilgan.

“Men o‘sha zahotiyoq politsiyaga murojaat qildim. O‘g‘rilardan hozirgacha hech qanday xabar yo‘q. Men rafiqamning qayerdaligini bilmayman”, — dedi Ogude.

Ushbu mavsumda “Amkar”ning 14 ta o‘yinida qatnashgan 28 yoshli yarim himoyachi hozirgi paytda Nigeriyada ta’tilni o‘tkazayotgan edi.


Комментарии (0) | Добавить: 07.01.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]