У нас есть только
оригинальные песни

Nike 1200 dollarlik quyoshdan himoyalovchi ko'zoynakni namoyish etdi

calendar 06.08.2016
1662

Professional yugurish haqida gap ketganda, vazn va aerodinamika shunchalik muhim ahamiyat kasb etadiki, hatto quyosh nuridan himoya qiluvchi ko'zoynaklar ham qarshilik ko'rsatishi mumkin emas. Shu maqsadda, Nike kompaniyasi, VSP Global va Carl Zeiss guruhlari bilan hamkorlikda, mahsus sport ko'zoynaklari ishlab chiqdi. Ularning uqdirishlaricha, bu ko'zoynaklar chempion bo'lishni istaganlar uchun mahsus yasalgan. 

Qayd etish joizki, ushbu ko'zoynak ustida Sakramentodagi tadqiqot instituti shug'ullangan. Uning quyosh nurlarini qaytaruvchi kimyoviy aralashmasi tarkibida hrom ham bor. 

Nike kompaniyasi Wing (qanot) deb nomlagan ko'zoynaklarning o'ziga hos hususiyatlaridan biri, aerodinamikasi bo'lsa, yana u yo'qolmaydi. O'zaro birikib ketgan linzalari ikkita yuqa silikonli tutqichlar yordamida boshda juda qulay turadi. Biroq, uning ihchamligi va qulaygini hamma ha o'ziga ep ko'ra olmasligi aniq. Ahir, ko'zoynak uchun 1200 dollar to'lash lozim. Shunga ko'ra, uni mashhur sportchilar taqaoladi deyish mumkin. Chunki, ular reklama huquqi asosida bu kabi ko'zoynaklarni tekin olishadi.

Яндекс.Метрика