Venesuela prezidenti Nikolas Maduro «Rossiya energetika haftaligi»da ishtirok etish v Rossiya prezidenti Vladimir Putin muzokaralar o'tkazish uchun Moskvaga yetib keldi. Bu haqda Venesuela TIV matbuot xizmati xabar berdi.
«Prezident Nikolas Maduro ikki tomonlama strategik alyansni mustahkamlash uchun Rossiyaga keldi», — deyiladi vazirlikning Twitter xabarida.
Qayd etilishicha, Maduro, shuningdek, Belorussiya va Turkiyaga ham boradi.