У нас есть только
оригинальные песни

NILUFAR USMONOVADAN YANGILIK

calendar 27.12.2012
6878

Estrada olamida o'z o'rniga ega xonanda Nilufar Usmonova Bobur Umarov so'zi, Jasur Abduraxmonov musiqasi va oranjirovkasi ila "Ana-ana" taronasini kuylab o'tgan edi. Ushbu sho'x va raqsbop tarona uchun xonanda klip olishni xam rejalashtirgan. Tarona klipmeykeri nomi hozircha sir. Lekin ushbu klipmeyker nafaqat o'zbek, balki xorij estrada yulduzlari bilan ham ishlaydi. Ismi sir tutilayotgan klipmeykerni esa yangi 2013-yil fevral oyida premyerasi kutilayotgan klip namoyishidan so'ng bilib olishimiz mumkin bo'ladi. Bundan tashqari xonandamiz yangi yilda mega duet taqdim etmoqchi ekanligini ma'lum qildi.Kim bilan duet kuylanayotgani hozircha ma'lum emas.
Яндекс.Метрика