У нас есть только
оригинальные песни

Nima uchun Fransiyada rahbar dam olish kunlari o'z xodimlariga qo'ng'iroq qila olmaydi?

calendar 10.01.2018
1083

Bir yil ilgari Fransiyada ajoyib qonun qabul qilindi: endi rahbarlar ishdan tashqari vaqtda o'z xodimlariga qo'ng'iroq qilishlari mumkin emas. 

Shu bilan birga, endi firma va tashkilotlar xodimlari dam olish vaqtlarida rahbariyatdan kelgan elektron pochtani o'qimaslik huquqiga ega, deyiladi The Guardian nashrida.

Bunday qonunning qabul qilinishiga mahalliy shifokorlar sababchi bo'lishdi: ularning so'zlariga ko'ra, kechki payt rahbar bilan aloqadan olinadigan stress sog'liqqa salbiy ko'rsatadi. Bu "doim aloqada" bo'luvchi xodimlar ustida o'tkazilgan tadqiqotlarda o'z isbotini topdi. 

Darvoqe, Fransiya haqida yana bir ma`lumotga ega bo'lishni istaysizmi?

Bu yerda ishchi hafta atigi 35 soat davom etar ekan, ya`ni fransuzlarning oddiy ish kuni soat 16:00da yakuniga yetar  ekan!

Rahbarlarning kechki payt va dam olish kunlarida o'z qo'l ostidagilarga qo'ng'iroq qilishini taqiqlovchi qonun qabul qilishdan avval jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida so'rovnoma o'tkazildi. Qonunni 60 foizdan ortiq yollanma ishchi qo'llab-quvvatladi.

Яндекс.Метрика