У нас есть только
оригинальные песни

Nima uchun ideal ta`til 10 kun davom etadi?

calendar 30.08.2018
952

Ko'pchilik ta`tilga ketish uchun avgust va sentabrni xush ko'radi. Nima uchun yaxshi ta`til 7 yoki 21 kun emas, 10 kun davom etishi haqida gapiramiz.

Demak, tasavvur qiling, bir haftalik ta`til olyapsiz. Maqsadingiz: dengizga borish. Ikki kunni yo'lga sarflaysiz. Uchish uchun hatto 3 soat ketganida ham oldinroq aeroportga kelishingiz, keyin uchib ketish kerak bo'ladi. Bundan tashqari, uchishdan keyin qayta tiklanish ham bor. Yana yuklarni yig'ishtirish, keyin joylashtirish kerak. Umuman olganda, yo'l kamdan kam hollarda sarguzashtlarsiz o'tadi.

Natijada yetti kunlik ta`tildan bor-yo'g'i besh kun qoladi. Olimlar odam haqiqatan ham dam olib, xotirjam bo'lishiga kamida 8 kun ketishini aytishgan. Ilk to'rt kun ishdan keyin o'zimizga kelamiz, qolgan to'rt kunda dam olamiz.

Bundan chiqdi, agar bir haftalik ta`tilga borilsa, tiklanish hordig'i uchun bor-yo'g'i bir kun qoladi. Bilasizki, bu muddat davomida normal hordiq chiqarish imkonsiz. Bundan tashqari, ko'p tadqiqotchilar qonuniyatni qayd etishadi. Ishdagi zo'riqish hordiqdagi zo'riqishga qo'shilib ketishi mumkin.

Uzoq davom etgan ta`til nimasi bilan yomon dersiz? Agar ikki hafta, ya`ni 14 kundan ko'proq dam olsangiz, undan keyin ishni boshlash qiyinroq bo'ladi. Shuning uchun ta`tilni ikki qismga bo'lish samarali bo'ladi. Bir tomondan, tiklanishga ulgurasiz, ikkinchi tomondan esa undan keyin ishga kirishish oson bo'ladi.

Yodingizda bo'lsin, har qanday odam yilda bir marta dam olishi kerak. Vaqtining ko'p qismini ishda o'tkazgan odamning unumdorligi kamroq bo'ladi. Xato va kamchiliklarga moyil bo'ladi.

Bundan tashqari, normal qayta tiklanish hordig'isiz odam turli kasalliklarga moyilligi ortadi. Shuning uchun ta`til vaqtida ish haqidagi fikrlarni eng orqadagi qutiga joylashtiring. Ish pochtasiga kirmaslik va qo'ng'iroqlarga javob bermaslikka harakat qiling. Qolganlar sizsiz ham ishni uddalay olsalar kerak.

Яндекс.Метрика