У нас есть только
оригинальные песни

Nima uchun ishda tushlikdan keyin diqqatni to‘plash qiyin bo‘ladi?

calendar 03.10.2017
1037

Ish kayfiyatining yo‘qolishi miyamizning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘langan.

Tushlikdan keyin paydo bo‘ladigan charchoqlik holati bizlarning ko‘pchiligimizga tanish. Bu faqat ovqat yegandan keyin uxlashni xohlash holati — iste’mol komasi natijasidagina paydo bo‘lmaydi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, biz o‘zimizni lanj his qilishimizning sababi shundaki, miya o‘zining mehnatlari uchun ruhiy mukofotlar talab qiladi. Qilingan ishlar uchun rag‘batlantirish bizning motivatsiyamizni va ish kayfiyatimizni ushlab turadi.

Olimlar tajriba qilib ko‘rilayotganlarning bir nechtasining miyasini tekshirib ko‘rishdi. Ular miyani kun davomida uch marta rasmga olishdi — soat 10:00, 14:00 va 19:00 da. Olimlar shu tarzda sinalayotganlarning mukofotlash tizimi qanday ishlashini aniqlamoqchi bo‘ldilar.

Tadqiqotlar chap qobiq — mukofotlarni shakllantirish va kutishda katta rol o‘ynashini, — ertalab va kechqurun faollashishini, tushlik payti esa faollik darajasi pasayishini aniqladi.

Olimlarning taxmin qilishlaricha, miyamiz rag‘batlanishni qachon kutish kerakligini oldindan aytishda xatoga yo‘l qo‘yar ekan. Miya mukofotni ertalab va kechqurun hamma narsadan ko‘ra kamroq kutadi, shuning uchun biz bor kuchimiz bilan uni olishga harakat qilamiz. Ayni shu vaqtda biz tirishibroq ishlaymiz va o‘qiymiz. Tushlik payti esa quvvat kamaya boshlaydi, shunday bo‘lsa ham miya, biz hech qanday kuch ishlatmasdan mukofot olishimiz kerak deb hisoblaydi.

Яндекс.Метрика